» » O‘zbekistonda siyosatshunoslik bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi

O‘zbekistonda siyosatshunoslik bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanadi


Siyosiy fanlar sohasida kadrlarni tayyorlash, fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Qaror bilan Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida siyosatshunoslik yo‘nalishi bo‘yicha 2019/2020-o‘quv yili uchun qabul kvotalari belgilandi:

“Siyosatshunoslik” bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha 20 ta;

“Amaliy siyosatshunoslik” magistratura yo‘nalishi bo‘yicha 10 ta;

“Siyosiy fanlar” tayanch doktorantura yo‘nalishi uchun 4 ta, doktoranturada 2 ta.

Qarorga muvofiq universitetda “Siyosatshunoslik” kafedrasi tuzildi. Kafedra faoliyatining asosiy yo‘nalishi siyosatshunoslik fanlari sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlash hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют