» » Koloradoda uch kishi 17 yoshli qizni tiriklayin yoqib yubordi

Koloradoda uch kishi 17 yoshli qizni tiriklayin yoqib yubordi


Koloradoda 17-yoshli qizni 2017-yilda o‘z uyida qasddan tiriklayin yoqib yuborgan jinoyatchilarni qo‘lga olishga yordam beruvchi har qanday ma’lumotni yetkazganga 50 ming dollar mukofot va’da qilindi. Bu haqda “Forum Daily” xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, qiz 2017-yilning dekabr oyida Platte Canyon High School konsertiga kelmaganidan so‘ng bedarak yo‘qolgan deb e’lon qilingan. Keyinchalik politsiya qizning murdasini yoqib yuborilgan uyidan topgan. Politsiya murda topilganidan uch kuni o‘tib uning o‘limini jinoyat deb e’lon qilgan. Biroq gumonlanuvchilarni hali ham qo‘lga olishning iloji bo‘lmagan.

Politsiya ikki nafar gumonlanuvchining fotorobotini e’lon qilgan, biroq ular tashqi ko‘rinishini o‘zgartirgan bo‘lishi, jinoyat vaqtida foydalanilgan transport vositasini sotib yuborgan va ularning o‘zi boshqa yerga ko‘chib ketgan bo‘lishi mumkinligini aytib o‘tgan.

Hozirda huquq-tartibot xodimlari uch nafar gumonlanuvchi o‘smirlarni qidirishda davom etmoqda. Hukumat esa jinoyatchilarni qo‘lga olishga yordam beruvchi har qanday ma’lumotni yetkazganga 50 ming dollar mukofot va’da qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 13:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 98) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют