» » Tailandda Aqchadon laqabini olgan toshbaqaning oshqozonidan 5 kg tanga topildi

Tailandda Aqchadon laqabini olgan toshbaqaning oshqozonidan 5 kg tanga topildi


Tailand poytaxti Bangkok shahridagi Chulalongkorn universitetining veterinariya kafedrasi xodimlari Aqchadon laqabini olgan toshbaqaning oshqozonidan 5 kilogramm tanga chiqarib oldi. Bu haqda Bangkok Post nashri xabar bermoqda.

Xabarda qayd etilishicha, 25 yoshli urg‘ochi dengiz toshbaqasi oshqozonidan 915 ta tanga topildi. Tangani jonivor ichidan olish operatsiyasi 4 soat davom etdi.

Toshbaqa buncha miqdordagi tangani qanday yutib yuborganini tasavvur qilish qiyin.

Pasakorn Briksvana, veterinar

Toshbaqa veterinarlar ko‘rigi ostida bir haftaga qoladi. Shundan so‘ng jonzot dengiz toshbaqalari uchun mo‘ljallangan Sea Turtle Conservation Center hayvonot bog‘iga beriladi.

Aksariyat sayyohlar afsonaga amal qilib, Tailandga qaytib kelish uchun toshbaqasi bor suv havzasiga tanga otadi. Mahalliy aholi uzoq umr ko‘rish uchun toshbaqalarga tanga uloqtiradi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-03-2017, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 123) ( 0) ( 121) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют