» » Endi husnbuzarlar sizni boshqa bezovta qilmaydi

Endi husnbuzarlar sizni boshqa bezovta qilmaydi


Bizning yuzimiz har doim parvarishga muhtoj. Turli kosmetik vositalar orqali yuzimizga mukammlar ko‘rinish berishga harakat qilamiz. Ammo ba’zi muammolarda o‘sha vositalar ham yordam bermaydi. Shunday holatlardan biri bu yog‘li yuzga ega bo‘lgan kishida husnbuzarlarning paydo bo‘lishidir. Bunday vaziyatda ko‘pchilik dermatolog maslahatiga quloq solmasdan o‘zboshimchalik bilan ish tutadi va dorixonadan duch kelgan vositani harid qilib foydalanadi. Lekin, natija har doim ham kutilganday bo‘lavermaydi. Chunki, husnbuzar paydo bo‘lishiga turli xil omillar sababchi bo‘ladi va uni davolash uchun kompleks chora tadbirlarni amalga oshirish kerak.

Yuzdagi yog‘ bezlarining faoliyati o‘smirlik davrida kuchayadi. Shu tufayli o‘smirlik davrida husnbuzarlar paydo bo‘lishi kuchayadi. Bu davrning o‘ziga xosligini hisobga olganda, husnbuzar kishining ruhiyatiga ta’sir etadi va o‘ziga bo‘lgan ishonchning pasayishiga olib keladi.

Albatta, husnbuzarlarni davolash mumkin. Keling, shunday vaziyatlarda qanday vositalardan foydalanish maqbul ekani haqida gaplashamiz. Avval aytanimizdek, kompleks davolash usulidan foydalanish kerak. Biokon mahsulotlari bizga yuzdagi muammolardan xalos bo‘lish uchun yordamga keladi.

Biokon Anti-Acne Active husnbuzarlarga qarshi kurashishda mukammal vosita hisoblanadi. Ushbu krem yuz terisidagi mikroblarga qarshi kurashishda, yallig‘lanishning oldini olish va yuzni namlantirishda eng yaxshi vositalardan biri hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu sifatli krem yuzdagi yog‘ bezlarining ishini susaytiradi. Kremdan foydalanganda organizm unga o‘rganib qolmaydi va o‘z natijasini juda tez ko‘rsatadi; teri qaytadan nafas olishni boshlaydi. Bu kremdan nafaqat husnbuzarlardan qutulishda, balki yara va husnbuzarlardan qolgan izlarni hamda dog‘larni ketkazishda ham foydalaniladi. Foydalanish muddati 3 haftadan 8 haftagacha bo‘lishi lozim. Toza yuvilgan yuzga ma’lum (yallig‘lanishni boshlagan) nuqtalar bo‘ylab suring, qurigandan so‘ng uxlashga yoting. Ertalab husnbuzarlardan asar ham qolmaydi.

Biokon “Muammoli Teri” aktiv-kremi - husnbuzar toshgan terini parvarish qilish, ya’ni yog‘ bezlari yo‘llarini berkitib turgan tiqinlarni yo‘q qilish va ularning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikning eng samarador usuli hisoblanadi. Uning tarkibidagi aktiv komponentlar va ionli kumush moddasi yallig‘langan yuz terisini quruqlashtiradi, yuzdagi ixtiyoriy o‘zgarishlarni oldini oladi, yuzni yanada tiniqlashtiradi. Aktiv-krem tarkibidagi Pentanol moddasi esa shikastlangan teri qatlamini qaytadan tiklaydi va teri qaytadan nafas olishni boshlaydi. Kremdan doimiy va rejali qo‘llanish keyinchalik yuz qatlamingizda husnbuzarlarning butkul yo‘q bo‘lib ketishini ta’minlaydi. Qo‘llanilishi: Ertalab va kechqurun toza yuz qatlamiga singib ketguncha asta-sekin aylanma usulda suriladi. Undan 3-10 hafta davomida rejali kurs asosida foydalanish lozim.

Yog‘li teriga qarshi emulsiya BIOKON kun davomida amal qiladi. Yengil va yumshoq emulsiya yog‘li va muammoli terining holatini va ko‘rinishini yaxshilaydi. Bir necha soat ichida yog‘ bezlarining yuqori faolligidan kelib chiqadigan terining yallig‘lanishini kamaytiradi. Yengil va yumshoq emulsiya yog‘li va muammoli terining holatini va ko‘rinishini yaxshilaydi. Bir necha soat ichida emulsiya yog‘li bezlarning yuqori faolligidan kelib chiqqan terining yog‘li holatini pasaytiradi. Surilganda terining nafas olishini yopib qo‘ymaydi, terini haddan tashqari quritib yubormaydi. Bu terini toza va silliq qiladi. Glyukoza ionlari, ularning antibakterial xususiyatlariga ko‘ra, terini yallig‘lanishdan, akne va qora dog‘larni paydo bo‘lishidan himoya qiladi. Sink va salitsilik kislota teridagi teshiklarni kamaytiradi, yog‘li teri kamchiliklarini bartaraf etadi va yangi muammolar paydo bo‘lishining oldini oladi. Aloe va pantenol terini namlantirib qizarishni kamaytiradi. Ertalab va yoki kechqurun tozalangan yuzga yupqa qatlam bilan oz-ozdan suriladi. Makiyaj uchun ham juda mos.

Reklama huquqi asosida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 117) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют