» » Tojikiston tergov izolyatoridagi ayolning o‘z joniga qasd qilishga urinishidan so‘ng uch nafar militsiya xodimi ishdan olindi

Tojikiston tergov izolyatoridagi ayolning o‘z joniga qasd qilishga urinishidan so‘ng uch nafar militsiya xodimi ishdan olindi


Tojikistonning So‘g‘d viloyati, Ayni shahrida joylashgan tergov izolyatorida 70 yoshli Istad Qurbonovaning o‘z joniga qasd qilishga urinishidan so‘ng tuman IIB xodimlari ishdan olindi. Bu haqda ASIA-Plus xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, yanvar oyi boshlarida Istad Qurbonova “Stroitelstvo STD” korxonasi hududida yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallab olishda ayblanib, hibsga olingan. 17-yanvar kuni tergov izolyatori majlisida o‘zini yoqib yuborish yo‘li bilan o‘z joniga qasd qilishga uringan va tuman kasalxonasiga yotqizilgan.

Shundan so‘ng So‘g‘d viloyati prokuraturasi ayolga ehtiyot chorasi sifatida chetga chiqib ketmaslik haqida tilxat yozdirib olgan.

Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u yerni o‘zboshimchalik bilan egallab olmagan, omborxona va hammom qurilgan yerni esa Sobiq Ittifoq davridayoq olgan.

Ushbu hodisa sababli tuman IIB xodimlari Idiboy Ziyoyev, Saidali Arbobov va Abduqodir G‘afforovlar ishdan bo‘shatilgan.

Tergov izolyatori nazoratchisi Sharifa Mirzosharipovaga nisbatan esa prokuratura tergov ishlari olib bormoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют