» » Ben Afflek Betmen roliga boshqa qaytmasligini bildirdi

Ben Afflek Betmen roliga boshqa qaytmasligini bildirdi


2016, 2017-yillardagi filmlarda Betmen rolini o‘ynagan aktyor Ben Afflek 2021-yilda chiqishi rejalashtirilgan yangi “Betmen” filmida superqahramon rolini ijro etmaydigan bo‘ldi. Bu haqda aktyor Twitter’dagi sahifasida yozib qoldirgan, deb xabar berdi “TASS”.

“2021-yil yozida “Betmen” chiqishini intiqlik bilan kutyapman. Mett Rivz (“Betmen” rejissori va ssenaristi) o‘z g‘oyalarini amalda gavdalantirishini ko‘rishdan xursand bo‘laman”, — deb yozadi Afflek Deadline portalida chop etilgan yangi filmda bosh rolni ijro etmasligi haqidagi maqolada.

Xabarda ma’lum qilinishicha, Ben Afflek ayni paytda Keyt Elis Marshallning “Men hali ham hayotman” (I am still alive) asarini ekranlashtirish ishlari bilan band. U bosh rollardan birini ijro etadi va filmga prodyuserlik qiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 87) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют