» » Jahongir Ortiqxo‘jayev: Akfa boshqaruvini shogirdlarimga topshirganman, lekin kompaniya aksiyalariga egalik qilaman

Jahongir Ortiqxo‘jayev: Akfa boshqaruvini shogirdlarimga topshirganman, lekin kompaniya aksiyalariga egalik qilaman


Bugun, 31-yanvar kuni Tashkent city xalqaro ishbilarmonlik markazida OAV xodimlari uchun press-tur va matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Sevara Nishonova xabar berdi.

Matbuot anjumanida Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, mehnat va bandlik munosabatlari vazirligi, innovatsion rivojlanish vazirligi va Markaziy bank vakillari ishtirok etdi hamda jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Jurnalistlar Jahongir Ortiqxo‘jayevdan Britaniyaning Open Democracy nashrida e’lon qilingan ma’lumotga izoh berishni so‘radi. Ushbu nashrda chop etilgan maqolada Tashkent City qurilishi loyihasida ishtirok etayotgan xorijiy investorlarga tegishli ekanligi aytilayotgan ayrim kompaniyalar aslida Jahongir Ortiqxo‘jayevga aloqador ekanligi bayon etilgan.

Toshkent shahar hokimi ushbu savolga javob berar ekan, quyidagilarni ma’lum qildi:

“Akfa — O‘zbekistonda 20 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan eng yirik kompaniya. U menga tegishli. Mening hokim bo‘lishim tushimga ham kirmagan edi. Bu haqda yarim soat oldin bilganman. Ochig‘ini aytsam, 20 yillik kompaniya va 31 ming nafar xodimni shunday tashlab chiqib ketish oson emas. Prezident meni shahar hokimi etib tayinlaganida, kompaniya boshqaruvini boshqa shaxslarga o‘tkazishim talab qilingan, lekin kompaniyadagi ulushimdan voz kechishim haqida aytilmagan”, — deydi Ortiqxo‘jayev.

Hokim jurnalistlarga qarata:

“Agar mening Boeing kompaniyasida ulushim bo‘lganida, nima deb o‘ylaysizlar, hokim bo‘lib ulushimdan voz kechishim kerakmidi? Yoki Apple kompaniyasining aksiyalari qo‘limda bo‘lganidachi?

Men hozir Akfa’ni boshqarmayapman. Boshqaruvni shogirdlarimga topshirganman. Lekin, hokim bo‘lganimdan keyin ulushimni birovga berib yubormaymanku?”.

Qayd etilishicha, hozirgi kunda “Akfa Group” ga qarashli Akfa Dream World kompaniyasi Tashkent City’da davlat tadbirlari uchun mo‘ljallangan kongress-xoll qurilishiga investitsiya kiritgan.

“Prezidentimiz Toshkentda davlat tadbirlarini o‘tkazishga mo‘ljallangan kongress-xoll qurish haqida topshiriq berdilar. Akfa Dream World mana shunday mas’uliyatli vazifani o‘z zimmasiga oldi. Kongress xoll qurib bitkazilganidan so‘ng davlatga topshiriladi. Akfa bundan bir tiyin ham daromad ko‘rmaydi. Ya’ni bu qurilish Akfa uchun daromad manbai emas”, — deydi Toshkent shahar hokimi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 18:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 63) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют