» » Svetlana Radzivil Chexiyadagi musobaqada kumush medalga ega chiqdi

Svetlana Radzivil Chexiyadagi musobaqada kumush medalga ega chiqdi


Chexiyaning Trshinets shahrida yengil atletikaning balandlikka sakrash yo‘nalishi bo‘yicha “Beskydsk? la?ka” xalqaro musobaqa bo‘lib o‘tdi, deb xabar beradi MOQ. Ushbu musobaqada O‘zbekiston sharafini Svetlana Radzivil va Nadiya Dusanova himoya qildi.

Svetlana Radzivil. Foto: olamsport.com

Bellashuvlarda 192 sm balandlikni zabt etgan holda ukrainalik sportchi Katerina Tabachnik oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Svetlana Radzivil va britaniyalik Morgan Layk bir xil natija ko‘rsatib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Sportchilar 189 sm balandlikni dastlabki urinishdayoq zabt etdi. Ikkinchi va uchinchi imkoniyatlardan unumli foydalanmadi (192 sm).

O‘zbekistonlik boshqa bir sportchi Nadiya Dusanova 185 sm balandlikni zabt etgan holda to‘rtinchi o‘rindan joy oldi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 18:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют