» » “Yuventus” Italiya Kubogida 23 yil ichidagi eng yirik mag‘lubiyatini qayd etdi

“Yuventus” Italiya Kubogida 23 yil ichidagi eng yirik mag‘lubiyatini qayd etdi


“Yuventus” Italiya Kubogi 1/4 finalida “Atlanta”ga (0:3) mag‘lub bo‘ldi va musobaqani tark etdi.

Bu turinliklar uchun so‘nggi 8 yil ichida Italiya klublaridan qabul qilib olgan eng yirik mag‘lubiyati bo‘ldi. 2011-yilda Turin klubi 0:3 hisobida “Napoli”ga mag‘lub bo‘lgandi.

Italiya Kubogida esa “Yuventus” so‘nggi 23 yil ichidagi eng yirik mag‘lubiyatini qayd etdi, deb xabar berdi MisterChip.

Klub 1996-yildan beri mazkur musobaqada hech qaysi jamoaga 0:3 hisobida yutqazmagan edi.

1996-yil noyabrida “Yuventus” Milanning “Inter” klubiga qarshi kechgan uchrashuvda 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, klub ketma-ket 4 yil davomida kubokni qo‘lga kiritdi (2014/15, 2015/16, 2016/17, 2017/18-yilgi mavsumlar).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют