» » Saratovlik erkak 8-mart bayrami munosabati bilan notanish ayollarga sovg‘a qilish uchun 50 ta atirgul o‘g‘irladi

Saratovlik erkak 8-mart bayrami munosabati bilan notanish ayollarga sovg‘a qilish uchun 50 ta atirgul o‘g‘irladi


Rossiyaning Saratov shahrida politsiya xodimlari 8-mart bayrami munosabati bilan notanish ayollarga gullar sovg‘a qilish uchun ularni o‘g‘irlaganlikda gumonlanayotgan erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Gullar do‘konida ishlaydigan ayol noma’lum kimsalar savdo pavilyoni oynasini buzib, 25 ta oq va 25 ta qizil atirgul o‘g‘irlangani haqida politsiyaga ma’lum qildi. O‘g‘irlangan gullar narxi 3 000 rublni (50 dollar atrofida) tashkil etdi.

Xabarda qayd etilishicha, gumonlanuvchi xizmat-qidiruv iti yordamida qo‘lga olindi. U muqaddam sudlangan bo‘lib chiqdi va o‘z aybini tan oldi.

Qo‘lga olingan erkak 50 ta atirgulni ko‘chada uchratgan notanish ayollarga sovg‘a qilganini aytdi. Bo‘lib o‘tgan hodisa yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

IIVning Saratov viloyati bo‘yicha boshqarmasi

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-03-2017, 18:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют