» » O‘zbekistonda onlayn-auksion savdolarida 2843 ta bo‘sh yer uchastkasi sotildi

O‘zbekistonda onlayn-auksion savdolarida 2843 ta bo‘sh yer uchastkasi sotildi


Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 2 843 ta bo‘sh yer uchastkasi sotildi, deb yozadi O‘zA.

Savdolarga chiqarilgan davlat mulki obyektlari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi va viloyatlar hokimlari tomonidan o‘z vakolatlari doirasida aniqlangan ko‘chmas mulk obyektlari investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni belgilagan holda 1 so‘mga teng qiymatdagi boshlang‘ich narxda sotilmoqda.

Shuningdek, boshqa ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha – qayta baholanmasdan, ularni o‘tkazish kunidagi savdolarda shakllangan narxda “E-IJRO AUKSION” elektron savdo maydonchasiga o‘tkaziladi va savdoga chiqariladi.

Investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish uchun auksion o‘tkazmasdan, investor bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar orqali investitsiyaviy hamda ijtimoiy majburiyatlar belgilagan holda yer uchastkalarini berish va bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini belgilagan holda sotib olish imkoniyati ham tug‘ildi.

Unga ko‘ra, tegishli davlat idoralari tomonidan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotish tartibini soddalashtirish bo‘yicha eksperiment tartibi belgilandi.

Eksperiment tartibi bilan davlat mulki obyektlari va yer uchastkalari “E-IJRO AUKSION” yagona elektron savdo maydonchasida tanlov ishtirokchisining investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlari inobatga olingan holda sotiladi.

“Elektron onlayn-auksion savdolarni tashkil etish markazi” DUK tomonidan tashkillashtirilayotgan elektron onlayn-auksion savdolariga Respublikaning tuman va shahar hokimliklari tomonidan 5 298 ta bo‘sh yer uchastkasi, 1 trillion 784 milliard 618 million so‘m investitsiya kiritish, 27 824 ta yangi ish o‘rnini yaratish sharti bilan 95 milliard 713 million 500 ming so‘m miqdordagi mol-mulklar auksion savdolariga chiqarildi.

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 2 843 ta bo‘sh yer uchastkasi 796 milliard 31 million so‘m investitsiya kiritish, 11 032 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 19 milliard 84 million 400 ming so‘mga sotildi.

Hozirda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 2 455 ta bo‘sh yer uchastkalari 89 milliard 169 million 400 ming so‘m miqdordagi auksion savdolariga chiqarildi.

Misol uchun, elektron onlayn-auksion savdolariga bugungi kunda birgina, Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 25 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 207 yangi ish o‘rnini yaratish hamda 9 milliard 383 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Samarqand viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 179 yangi ish o‘rnini yaratish hamda 6 milliard 850 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Farg‘ona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 83 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 889 yangi ish o‘rnini yaratish hamda 36 milliard 425 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Navoiy viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 17 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 118 yangi ish o‘rnini yaratish hamda 14 milliard 535 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Xorazm viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 17 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 256 yangi ish o‘rnini yaratish hamda 22 milliard 70 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Surxondaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 18 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 141 yangi ish o‘rnini yaratish hamda 6 milliard 750 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Buxoro viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 33 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 377 yangi ish o‘rnini yaratish hamda 12 milliard 290 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Andijon viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 26 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 396 yangi ish o‘rnini yaratish hamda 5 milliard 591 million 596 ming so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Namangan viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 32ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 342 yangi ish o‘rnini yaratish hamda 10 milliard 925 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi;

Jizzax viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 14 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 166 yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda 6 milliard 900 millionso‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilganligi ma’lum bo‘ldi;

Sirdaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 23 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 201 yangi ish o‘rnini yaratish hamda 10 milliard 140 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 16 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 94 yangi ish o‘rnini yaratish hamda 3 milliard 750 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Toshkent viloyati Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 34 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 722 yangi ish o‘rnini yaratish hamda 49 milliard 635 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Bugungi kunga qadar “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida 307 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari 3 497 ta yangi ish o‘rnini yaratish hamda 170 milliard 575 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan 10 milliard 728 million 307 so‘m miqdorga sotildi.

Bugungi kunda “E-IJRO AUKSION” elektron onlayn-auksion savdolarida jami 45 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari 591 ta yangi ish o‘rnini yaratish hamda 24 milliard 670 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolarida mavjud.

Jumladan:

- Farg‘ona viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 17 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 213 yangi ish o‘rnini yaratish hamda 11 milliard 350 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Qashqadaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 1 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 3 yangi ish o‘rnini yaratish hamda 120 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Surxondaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 4 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 29 yangi ish o‘rnini yaratish hamda 1 milliard 300 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Buxoro viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 9 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 200 yangi ish o‘rnini yaratish hamda 4 milliard 800 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Sirdaryo viloyatining Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 3 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 26 yangi ish o‘rnini yaratish hamda 2 milliard 350 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Toshkent viloyati Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 9 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 109 yangi ish o‘rnini yaratish hamda 4 milliard 270 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

- Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat raqobat boshqarmasi tomonidan 1 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari boshlang‘ich bahosi 1 so‘m miqdorida, 5 yangi ish o‘rnini yaratish hamda 250 million so‘m investitsiya kiritish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan;

Tadbirkor va investorlar o‘ziga ma’qul bo‘lgan yer uchastkalarini hamda bo‘sh turgan davlat mulki obyektlarini onlayn-auksion savdolarida qatnashib sotib olish imkoniyatiga ega.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 20:00)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 86) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют