» » Qoraqalpog‘istonning Ko‘ksuv suv omborida brakonyerlar faoliyatiga chek qo‘yildi

Qoraqalpog‘istonning Ko‘ksuv suv omborida brakonyerlar faoliyatiga chek qo‘yildi


Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiya xodimlari 28-yanvar kuni Qoraqalpog‘istondagi Ko‘ksuv suv omborida noqonuniy baliq ovi bilan shug‘ullangan 10 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Davlat ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Qo‘lga olish chog‘ida inspektorlar brakonyerlarda 10 kilogramm xumbosh va 130 kilogramm oq amur borligini aniqladi. Hayvonot dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori 303,5 million so‘mni tashkil etdi.

Aniqlangan holat bo‘yicha hujjatlar prokuratura organlariga taqdim etildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 20:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют