» » Shahrisabzdagi 2 metrli qor, Surxondaryoda quriladigan Termiz City, “Baron 2”da qatnashadigan “Sevgi iztirobi”dagi Amir va kunning boshqa qiziqarli xabarlari

Shahrisabzdagi 2 metrli qor, Surxondaryoda quriladigan Termiz City, “Baron 2”da qatnashadigan “Sevgi iztirobi”dagi Amir va kunning boshqa qiziqarli xabarlari


31-yanvarning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo” dayjestida.

Shahrisabzning Ko‘l qishlog‘ida 2 metr qor yog‘di. Oqibatda, yo‘l yopilib qishloq ahli tashqi dunyodan butunlay uzilib qolgan. Murojaatchilarning qo‘shimcha qilishicha, bu holat 10 kun davom etgan.

“Bu darajadagi qalin qor 2016-yil yoqqan edi, — deydi Ko‘l qishloq vrachlik punkti mudiri Abdumalik Safarov. — O‘shandan beri bunday yo‘l yopilib qolish holati bo‘lmagandi. Bu yilgi qor esa juda qalin yog‘di. Ba’zi hududlarda 2 metrdan ham oshdi”.

***

Hindiston kompaniyasi Surxondaryoda Termiz City quradi.

Kelishuvga ko‘ra, zamonaviy kompleks uchun shaharning Beruniy va Istiqlol ko‘chalari tutashgan bo‘sh yer maydonidan ajratilgan.

Muloqotda bu ishlar uchun “Alok Design Built” kompaniyasi 2019-yilning fevral oyida 60 million dollar miqdorida sarmoya kiritishi va qurilish ishlarini shu oyning o‘zida boshlab yuborishi belgilangan.

***

O‘zbek olimlari Yerga asteroid urilishi haqidagi xabarlar uydirma ekanligini ma’lum qildi.

Yaqinda Rossiya telekanali Yer sayyorasiga ulkan asteroidning yaqinlashayotganligi va u 2019-yil 1-fevralda Yerga urilishi, buning oqibatida ulkan falokatlar kuzatilishi haqidagi video materiallarni tarqatdi. O‘zR FA Astronomiya instituti olimlari uning mutlaqo yolg‘on ekanligini ma’lum qilgan.

Rossiya telekanali xabarida Yerga yaqinlashayotgan asteroid galaktikalararo fazodan kelmoqda, deyilgan. Bu fikr xabarning yolg‘onligidan darak beradi. Chunki asteroidlar Quyosh tizimi a’zolari bo‘lib, ularning boshqa galaktikalarga aloqasi yo‘q.

***

“Sevgi iztirobi” serialidagi Amir roli bilan tanilgan Kaan Urganji o‘g‘li “Baron 2” filmida bosh rollardan birini ijro etadi.

“Yurtdoshlarimizga ‘Sevgi iztirobi’ (Kara Sevda) filmidagi Amir roli bilan yaxshi tanish bo‘lgan turk aktyori Kaan Urganji o‘g‘li bilan shartnoma imzolashga muvaffaq bo‘ldik. Kaan Urganji o‘g‘li ‘Baron 2’ filmida bosh rollardan birini ijro etadi”, — “Baron 2” filmi rejissori Rustam Sa’diyev.

***

Jahongir Ortiqxo‘jayev: Akfa boshqaruvini shogirdlarimga topshirganman, lekin kompaniya aksiyalariga egalik qilaman.

“Akfa — O‘zbekistonda 20 yildan beri faoliyat yuritib kelayotgan eng yirik kompaniya. U menga tegishli. Mening hokim bo‘lishim tushimga ham kirmagan edi. Bu haqda yarim soat oldin bilganman. Ochig‘ini aytsam, 20 yillik kompaniya va 31 ming nafar xodimni shunday tashlab chiqib ketish oson emas. Prezident meni shahar hokimi etib tayinlaganida, kompaniya boshqaruvini boshqa shaxslarga o‘tkazishim talab qilingan, lekin kompaniyadagi ulushimdan voz kechishim haqida aytilmagan”, — deydi Ortiqxo‘jayev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 21:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 105) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют