» » Qozog‘iston o‘z hududi orqali Bishkek—Toshkent avtobusi qatnovini to‘xtatdi

Qozog‘iston o‘z hududi orqali Bishkek—Toshkent avtobusi qatnovini to‘xtatdi


Qozog‘iston bir tomonlama tartibda o‘z hududi orqali Bishkek—Toshkent xalqaro tranzit yo‘nalishidagi avtobus qatnovini to‘xtatdi. Bu haqda Qirg‘iziston transport vazirligi xabar qildi, deb yozmoqda Sputnik.

Bishkek—Toshkent xalqaro avtobus qatnovi o‘tgan yilning aprel oyida Qirg‘iziston va O‘zbekiston prezidentlari uchrashuvi yakunlari bo‘yicha ochilgandi.

Ushbu tranzit yo‘nalishi qo‘shni Qozog‘iston hududi orqali o‘tadi. Qatnov Qirg‘iziston va O‘zbekistonning ikki yirik transport kompaniyalari tomonidan boshqariladi.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, bundan avval Qozog‘iston tomoni ushbu yo‘nalishda avtobuslar qatnoviga o‘zgartirishlar kiritishni so‘ragan. Shundan so‘ng Toshkent va Bishkek yangi qatnov jadvalini ishlab chiqib, o‘tgan yilning noyabr oyida Qozog‘iston vakolatli organlariga yuborgan.

Yangi jadval hozirgi vaqtgacha Qozog‘iston tomonidan ma’qullanmagan.

Qirg‘iziston transport vazirligi xabar qilishicha, Qirg‘iziston va Qozog‘iston vakolatli organlari o‘rtasida bu masalani hal qilish bo‘yicha muzokara jarayonlari amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-01-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 61) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют