» » Samarqandda “Maqom” ansamblining ilk taqdimot konserti bo‘lib o‘tdi

Samarqandda “Maqom” ansamblining ilk taqdimot konserti bo‘lib o‘tdi


Samarqand san’at kolleji konsert zalida Samarqand viloyat madaniyat boshqarmasi qoshida faoliyat yuritayotgan “Maqom” ansamblining ilk taqdimot konserti bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Zarnews.uz” xabar berdi.

Unda ishtirok etgan O‘zbekiston xalq artisti Munojot Yo‘lchiyeva, O‘zbekiston xalq hofizi Mahmudjon Tojiboyev, respublika maqom markazi rahbari Soyibjon Begmatov, viloyat madaniyat boshqarmasi boshlig‘i Bahodir Sharofov Samarqand azaldan maqom yurti ekanligi, u ajdodlardan meros qadim ohangligi, xalqning milliy qadriyatlarini yoshlarga o‘rgatishini e’tirof etdi.

“Bugungi qo‘shiqlarni hayajon bilan tinglab o‘tirdim, — deydi Munojot Yo‘lchiyeva. — Samarqanddagi “Maqom” ansamblining aynan yoshlardan tarkib topgani ham bizning yutug‘imiz. Ularning aksariyati shogirdlarimiz. Bugun ularning ijrosini tinglab, bergan saboqlarimiz beiz ketmaganiga amin bo‘ldim. Maqom san’atining rivojlanishiga Yurtboshimiz tomonidan e’tibor qaratilgani bejiz emas. Chunki maqom insonning yuragiga kirib boradi, ruhiyatini tarbiyalaydi. Maqom qo‘shiqlarini idrok etgan sari, insonning ma’naviy olami boyiydi”.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 05:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют