» » Italiya Kubogi. “Inter” “Latsio”ga yutqazib, yarim final yo‘llanmasidan quruq qoldi (video)

Italiya Kubogi. “Inter” “Latsio”ga yutqazib, yarim final yo‘llanmasidan quruq qoldi (video)


31-yanvar, payshanba kuni futbol bo‘yicha Italiya Kubogining 1/4 finali doirasida so‘nggi o‘yin nihoyasiga yetdi.

Unda Milanning “Inter” klubi o‘z maydonida “Latsio” klubi bilan bahsga kirishdi.

Uchrashuvning asosiy vaqtida g‘olib nomi aniqlanmadi.

108-daqiqada “Latsio” hujumchisi Chiro Immobile Samir Handanovich qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi va hisobni ochdi.

Bellashuvning 120+4-daqiqasida mehmon jamoa himoyachisi Radu qo‘polligi sabab hakam tomonida qizil kartochka bilan jazolandi va “Latsio” darvozasiga penalti belgilandi. Argentinalik hujumchi Mauro Ikardi bundan unumli foydalandi va hisobni tenglashtirdi (1:1).

Penaltilar seriyasida esa “Latsio” “Inter”ni 4:3 hisobida yengdi va musobaqaning yarim finaliga chiqdi.

Mazkur bosqichda Simone Inzagi shogirdlari Jennaro Gattuzo qo‘l ostidagi “Milan” klubi bilan final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Italiya Kubogi

1/4 final bahslari

31-yanvar, payshanba

Gollar: 0:1 — 108 Immobile, 1:1 — 120, penalti, Ikardi.

“Inter”: Handanovich, Miranda, Shkrinyar, D’Ambrozio, Asamoa, Kandreva (Nainggolan, 105), Galyardini (Vesino, 46), Joau Mariu (Martines, 81), Brozovich, Politano (Soaresh, 105), Ikardi.

“Latsio”: Strakosha, Uolles (Bashtush, 70), Acherbi, Radu, Marushich, Leyva, Lulich (Durmisi, 80), Milinkovich-Savich, Luis Alberto (Parolo, 101), Korrea (Kaysedo, 88), Immobile.

Ogohlantirishlar: Galyardini (44), Uolles (68), Radu (73), Vesino (82), Marushich (86), Milinkovich-Savich (87), Leyva (96), Brozovich (110), Immobile (110), Asamoa (116).

Chetlatish: Radu (120).

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют