» » Jizzax 2018-yilda kichik biznes olgan daromadlar bo‘yicha yetakchilik qildi

Jizzax 2018-yilda kichik biznes olgan daromadlar bo‘yicha yetakchilik qildi


O‘zbekistonda 2018-yili aholining jami daromadi umumiy hajmida kichik tadbirkorlikning ulushi 62,6 foizni tashkil etdi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.

Eng ko‘p hajm Jizzax viloyatiga to‘g‘ri kelgan — 73,2 foiz, eng kami Toshkentga — 51,7 foiz.

Aholi jon boshiga jami daromadning yuqori o‘sish sur’atlari Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida kuzatilgan — 11,3 foiz. Bu ko‘rsatkich Jizzax viloyatida 11,1, Buxoro viloyatida 9,9, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 9,5, Farg‘ona viloyatida 9,2, Navoiy viloyatida 8,8 va Samarqand viloyatida 8,5 foizni tashkil etgan.

Jami daromadlar umumiy hajmining sezilarli darajada o‘sishi umumiy daromadlar tarkibida 71,1 foiz ulushga ega bo‘lgan mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning sezilarli o‘zgarishi hisobiga yuzaga kelgan.

Mehnat faoliyatidan olingan daromadlarning eng ko‘p ulushi Navoiy viloyatida (84,2 foiz) kuzatilgan. Toshkentda, Xorazm, Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Andijon viloyatlari va Qoraqalpog‘istonda respublika bo‘yicha o‘rtacha darajadan past bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют