» » Turkmanoboddagi Islom Karimov haykali, Shavkat Mirziyoyevga sovg‘a qilingan uchqur ot, Malayziya—Shimoliy Koreya mojarosi va kunning boshqa muhim xabarlari

Turkmanoboddagi Islom Karimov haykali, Shavkat Mirziyoyevga sovg‘a qilingan uchqur ot, Malayziya—Shimoliy Koreya mojarosi va kunning boshqa muhim xabarlari


7-martning e’tiborga molik yangiliklari — “Daryo”ning kechki dayjestida.

1. Turkmanobod shahrida Islom Karimov haykali ochildi. Turkmanistonning Lebap viloyati ma’muriy markazi ko‘chalaridan biriga ham Islom Karimov nomi berildi.

2. Turkmaniston prezidenti O‘zbekiston prezidentiga Axalteki uchqur otini hadya etdi. 7-mart kuni O‘zbekiston Prezidenti Turkmanobod—Farob yo‘nalishidagi temiryo‘l va avtomobil ko‘priklari ochilishida qatnashdi.

3. Shimoliy Koreya Malayziya fuqarolariga KXDR hududini tark etishni man etdi. Malayziya esa Shimoliy Koreya rasmiylaridan barcha fuqarolarini zudlik bilan ozod etishni talab qildi.

4. Tramp Rossiya bo‘yicha pozitsiyalarida talabchanlikni oshirmoqda. Trampning AQSh saylovlaridagi g‘alabasi Rossiyada xursandchilik, Yevropada esa xavotirni yuzaga keltirdi, biroq endi ushbu kayfiyat o‘zgarmoqda.

5. O‘zbekiston erkin iqtisodiy zonalari 6 ta tijorat banki o‘rtasida taqsimlandi. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 27-fevral kungi qaroriga ko‘ra, O‘zbekistonning yettita erkin iqtisodiy zonasi oltita tijorat banki o‘rtasida taqsimlandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-03-2017, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 112) ( 0) ( 110) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют