» » Deputat Rasul Kusherboyev deputatga bepisand munosabatda bo‘lgan hokimliklarni tanqid qildi

Deputat Rasul Kusherboyev deputatga bepisand munosabatda bo‘lgan hokimliklarni tanqid qildi


Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherboyev o‘zining Telegram’dagi sahifasida deputatlarga bepisand munosabatda bo‘layotgan hokimliklarni tanqid ostiga oldi. Quyida deputatning fikrlarini to‘liqligicha e’tiboringizga havola etamiz.

Ayni kunlarda deputatlar joylarda o‘z saylovchilari bilan uchrashuvlar tashkil etishmoqda. Qonunga muvofiq, saylovchilarni uchrashuvlar haqida xabardor qilib, tashkil etishda mahalliy hokimliklar ko‘mak berib kelishmoqda.

Ko‘tarinki ruhda o‘tayotgan uchrashuvlardan farqli ravishda bugungi “proval”lar haqida ham to‘xtalib, ko‘pchilik nomidan o‘z tashakkurimni bildirib o‘tsam yomon bo‘lmasdi.

Avvalo Zangiota tumanining O‘rta ovul hududidagi uchrashuvimiz haqiqatda jonli bo‘lib, unda ayniqsa mahalliy hokimiyat doirasida hal qilinishi lozim bo‘lgan ko‘plab masalalar bo‘lganligini aytib o‘tish kerak. Lekin qancha iltimos qilmay hokimlik “hech bo‘lmasa” degan vakilini ham yubormadi uchrashuvga. Bu kichik proval uchun ularga tashakkur. Odamlar bilan uchrashishga yo yuz yo sabr chidamayotgan bo‘lsa kerak.

Yangiyo‘l shahridagi butun boshli uchrashuv haqida odamlarga xabar bermay, bo‘sh zal bilan uchrashtirib, proval qilishni uddasidan chiqqan hokimlikning mas’ul kadrlariga esa alohida tashakkur. Bunaqa sharmandali vaziyatni uyushtirish uncha munchaga emas.

Prezidentimizning “Deputatga bepisandlik xalqqa bepisandlik” degan bahoga kelishlari shunchaki bo‘lmaganligini yana bir bor anglab turibman.

“Eh...bu ishlar deputatni obro‘sini to‘kish va bir chetda turib kulish uchun atayin uyushtirilmaganligiga qattiq ishongim kelayapti. Aslida saylovchilar biz bilan shundoq ham uchrashishga tayyor va nima bo‘lsa ham uchrashaveramiz”, — deya fikrlariga yakun yasaydi Rasul Kusherbayev.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 78) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют