» » Nyu-Yorkda Shimoliy Amerikaning yirik olmosi namoyish etildi

Nyu-Yorkda Shimoliy Amerikaning yirik olmosi namoyish etildi


Shimoliy Amerika hududida topilgan eng yirik olmos Nyu-Yorkda keng omma e’tiboriga namoyish etildi, deb xabar beradi Forum Daily.

Og‘irligi 552 karat (110,4 gr) bo‘lgan ushbu sariq olmos 2018-yilning dekabr oyida Kanada shimoli-g‘arbiy hududidagi Diavik konidan topilgan.

Nodir mineral Shimoliy qutb doirasidan 200 kilometr uzoqlikda joylashgan olmos konida bo‘lgan.

Kattaligi deyarli tovuq tuxumidek keladigan olmos Shimoliy Amerika hududida topilgan eng yirik va dunyodagi barcha sariq olmoslar ichida eng kattasi hisoblanadi.

Olmos Nyu-Yorkdagi Philips Auction’da 31-yanvardan 3-fevralgacha namoyish etiladi. Ushbu olmos 21-asrda topilgan olmoslar kattaligi jihatidan yettinchi o‘rinni egallagan bo‘lib, tarixning eng yirik qimmatbaho toshlari 30 taligidan joy olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 12:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют