» » Dunyoning eng qimmatbaho taqinchoqlari

Dunyoning eng qimmatbaho taqinchoqlari


Dunyodagi eng qimmat zargarlik buyumlari olmosdan ishlanadi hamda qimmatbaho tosh qanchalik yorqin va noyob bo‘lsa, taqinchoq ham shunchalik qimmat bo‘ladi. Bunday boyliklarning o‘ziga yarasha tarixi ham bor, deya yozadi Sputnik.

1952-yilda mashhur Cartier fransuz firmasi oniks va olmoslardan tayyorlangan panterra shaklida bilaguzuk ishlab chiqargan. U nozik ta’bi va nafosati bilan mashhur bo‘lgan Vindzor gersoginyasi Uollis Simpsonga tegishli bo‘lgan. Bilaguzukni unga Angliya qiroli Eduard VIII sovg‘a qilgan edi. Qirol gersoginyaga bo‘lgan sevgisi sabab taxtdan voz kechgan. 2010-yilda Sotbis kimoshdi savdosida 19,5 santimetr uzunlikdagi bilaguzukni ismi ma’lum qilinmagan bir xaridor sotib olgan. Bir necha toshlari tushib qolgan bo‘lishiga qaramay, xaridor uni boshlang‘ich narxdan uch barobar qimmatga xarid qilgan. O‘sha xaridor Uollis va Eduardning buyuk sevgisi haqida film suratga olgan Madonna edi, degan taxminlar bor.

14.23 karat og‘irlikdagi to‘rtburchak pushti olmos Gongkongdagi “Kristis” kimoshdi savdosida 23,2 million dollarga sotilgan. Tabiiy rangdagi pushti olmos Osiyoda shu paytgacha sotilgan eng qimmat tosh hisoblanadi. U oq va pushti oltindan ishlangan uzukka ko‘z sifatida qo‘yilgan va har ikki tomondan vazni 1,67 va 1,73 karat bo‘lgan ikkita shaffof olmos bilan bezatilgan.

Incomparable (“Tengsiz”) nomli bu marjonni Livan zargarlik brendi Mouawad 2013-yilda ishlab chiqargan. Uning narxi 55 million dollarni tashkil etadi. Og‘irligi esa 637 karat. Kompozitsiyaning markazidan 407,48 karatli sarg‘ish-jigarrang olmos joy olgan. Tosh 91 ta rangsiz olmos bilan bezatilgan va uzum shodasi shaklidagi oltin ipga osilgan. Afsonalarga ko‘ra, ushbu olmosni 30 yil oldin kongolik bir qiz topgan.

Bilaguzuk-soat - haqiqiy san’at asari va boy tasavvur mahsuli. Kichik siferblat qimmatbaho toshlar bilan qoplangan. Eng ustida esa uchta asosiy toshlar - oq, ko‘k va qizil rangli yurak shaklidagi olmoslar bor. Ularning umumiy og‘irligi 38 karat. Biroq, ushbu soatdagi barcha toshlar 200 karatni tashkil etadi. Shu kabi afzalliklar bilan 201 karatli Chopard dunyodagi eng qimmat soatlarning 10 taligiga  kirishi qiyin bo‘lmagan.

Graff Diamond ustalari 100 million dollar evaziga tovusli to‘g‘nog‘ich yasagan. To‘g‘nog‘ichning asosiy qismi oq va rang-barang olmoslar bilan bezatilgan. 20.02 karat og‘irlikdagi noksimon olmos juda ham noyob hisoblanadi. Tovusning dumi turli o‘lchamdagi oq va qizil olmos toshlar bilan bezatilgan. Patning har bir uchiga oq olmos qo‘yilgan bo‘lib, u ekzotik gulning g‘unchasi o‘xshaydi.

“Vittelsbah” olmosi katta (35,56 karat) moviy rangdagi olmos bo‘lib, uni 1722-yilda Avstriyalik gersoginya Mariya Amaliya sarpo sifatida Vittelsbahlar uyidan turmush o‘rtog‘i Karl Albertga olib kelgan. Buyuk turg‘unlik davrida “Kristis” kimoshdi savdo uyi bu tarixiy olmosni sotishga harakat qilgan. Lekin xaridor topilmagan. 1964-yildan beri u xususiy to‘plamning tarkibidan joy olgan. “Vittelsbah” 2008-yil 10-dekabrda “Kristis” kimoshdi savdosida rekord narx — 16,393,250 funt sterling ( 24 million 131 ming 190 dollar) evaziga sotilgan. Xaridor ingliz zargari Lorens Graff edi.

“Hatton-Mdivani” jadeit (yashil rangli mineral) marjonlari uzoq yillar davomida bir qancha mashhur kishilarning mulki bo‘lgan. Ularning ichida Vulvort merosxo‘ri Barbara Hatton va malika Nina Mdivani bor. Nina hatto o‘lim to‘shagida yotganida ham marjonni qarz undirish agentlaridan asrash uchun yashirib qo‘ygan. Marjonning o‘zi 27 ta zumrad jadeit shodadan tashkil topgan. Marjonning ikki uchida platina, yoqut, olmos va oltindan qilingan qisqich bo‘lib, marjon egasining bo‘yniga mahkamlab qo‘yiladi.

Napoleon IIIning xotini Yevgeniyaga tegishli zumrad toshli tiara 2011-yil Sotheby kimoshdi savdosida 11,28 million shveytsar franki (12,76 million dollar) evaziga sotilgan.

Umid olmosi (Hope Diamond) — 45,52 karatli zangori rangli va o‘lchami 25,60?21,78?12,00 millimetr bo‘lgan katta olmos. Vashingtondagi Smitson instituti tabiiy tarix muzeyi ekspozitsiyasida joylashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют