» » 5G tarmog‘ida ishlaydigan Huawei smartfonlari Barselonada e’lon qilinadi

5G tarmog‘ida ishlaydigan Huawei smartfonlari Barselonada e’lon qilinadi


Huawei kompaniyasi Balong 5000 nomi ostida ko‘p tartibli 5G chipseti va uning asosida yaratilgan jahondagi birinchi tijoriy 5G modem - Huawei 5G CPE Pro’ni rasman namoyish qildi. Ushbu ikki yangi mahsulot birgalikda mobil qurilmalar, uylar, avtomobil va ofislarni eng tezkor simsiz aloqa bilan ta’minlaydi.

Balong 5000 chipseti 5G-aloqa davrini rasman boshlab bermoqda. Smartfonlardan tashqari u keng miqyosdagi 5G-mahsulotlarni, jumladan, keng polosali uy qurilmalari, avtomobil tizimlari va 5G-modullarni qo‘llab-quvvatlaydi hamda kompaniya mijozlariga eng turfa foydalanish ssenariylariga mo‘ljallangan yangi darajadagi simsiz aloqani taqdim qiladi.

“Balong 5000 iste’molchilar uchun butunlay yangi dunyoni ochadi, — deydi Huawei Consumer Business Group ijrochi direktori Richard Yu. — Ushbu qurilma yalpi sun’iy intellektni yaratish uchun zarur bo‘lgan tezkor aloqani kafolatlaydi. Yangi Huawei 5G CPE Pro modemi Balong 5000 asosida yaratilgan bo‘lib, uning yordamida juda katta tezlikda ishlaydigan tarmoqlardan erkin foydalanish mumkin. Huawei 5G-tarmoqlar uchun to‘liq ko‘lamdagi uskuna va yechimlarni, jumladan, chiplar, modemlar, bulut-servislar hamda chiplarni taklif qilishi bois, mazkur segmentda haqli ravishda yetakchi o‘rinni egallab kelmoqda. Biz kelgusida ham 5G-tarmoqlarning yangi imkoniyatlari va ustunliklarini jahondagi barcha foydalanuvchilarga ochishga harakat qilamiz, bu orqali ularning kundalik turmushidagi barcha jabhalarni o‘zgartiramiz”.

Balong 5000: 5G-davri ostonasida

Huawei yagona chipdagi ko‘p tartibda ishlaydigan jahondagi ilk 5G-modemni taqdim qilmoqda

Yuqori darajadagi integratsiya va kichik o‘lchamlar tufayli Balong 5000 bir vaqtning o‘zida 2G, 3G, 4G va 5G tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu signal kechikishini va bir vaqtda turli rejimlarda ma’lumotlarni uzatish jarayonida energiya sarfini samarali tarzda qisqartirishga imkoniyat berib, birinchi tijoriy 5G-tarmoqlarda mobil qurilmalardan foydalanish qulayligini oshiradi. Balong 5000 bunday seriyadagi simsiz chipsetlarni rivojlantirish yo‘nalishida olg‘a qadam bo‘ldi, desak yanglishmaymiz.

Bundan tashqari, Balong 5000 5G-tarmoqqa mo‘ljallangan eng yuqori tezlikda yuklashga doir sanoat standartlariga javob beradigan jahondagi ilk chipga aylandi. Sub-6 GGs quyi diapazonida (asosan 5G uchun ishlatiladigan past chastotali diapazon) Balong 5000 soniyasiga 4,6 Gbitgacha bo‘lgan yuklash tezligini ta’minlay oladi. Millimetrli to‘lqinlar ko‘lamida (5G uchun qo‘shimcha tarzda ishlatiladigan yuqori chastotali diapazon) Balong 5000 soniyasiga 6,5 Gbitgacha bo‘lgan yuklab olish tezligini taqdim qiladi, bu esa ayni paytda keng tarqalgan 4G LTE texnologiyasidan 10 marotaba tezroq demakdir.

Balong 5000 avtonom (SA) va avtonom bo‘lmagan (NSA) har ikkala 5G arxitekturasini qo‘llab-quvvatlaydigan jahondagi birinchi chip hisoblanadi. Avtonom bo‘lmagan 5G arxitekturasi hozirda mavjud bo‘lgan 4G LTE tarmoqlar asosida, avtonom arxitektura esa o‘zining mustaqil infratuzilmasida barpo etiladi. Balong 5000 5G taraqqiyotining turli xil bosqichlarida ham istalgan foydalanuvchilar va operatorlarning talablariga moslasha oladi.

Shuningdek, Balong 5000 Vehicle to Everything (V2X) texnologiyasi bo‘yicha avtotransportga ulanish funksiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan jahondagi ilk ko‘p tartibli chip bo‘lib, ulangan va o‘zi harakatlanadigan avtomobillar uchun zarur hisoblangan ishonchli aloqani qisqa kechikishlar bilan ta’minlay oladi. Balong 5000 asosidagi 5G-tarmoqda ishlaydigan Huawei smartfonlari Barselonada o‘tkaziladigan butunjahon mobil texnologiyalar ko‘rgazmasi - Mobile World Congress doirasida namoyish etiladi.

Huawei 5G CPE Pro: uy tarmoqlari taraqqiyotida yangi pog‘ona

Huawei 5G CPE Pro real vaqtdagi tarmoq sinovida soniyasiga 3,2 Gbit yuklash tezligini qayd qildi

Balong 5000 bazasida yaratilgan Huawei 5G CPE Pro modemi 4G va 5G standartlaridagi simsiz aloqani qo‘llab-quvvatlaydi. Bu modem bilan 5G tarmoqlarda HD-aniqlikdagi va 1 GB hajmdagi videoni yuklash uchun 3 soniya vaqt ketadi, 8K-aniqlikdagi videoni esa tanaffus va uzilishlarsiz tomosha qilish mumkin. Shu yo‘sin uyga mo‘ljallangan telekommunikatsion uskunalar uchun yangi standartlar o‘rnatilmoqdi. Yangi modem, shu bilan birga, kichik va o‘rta biznesga o‘ta yuqori tezlikdagi korporativ tarmoqlarni tashkil qilishga imkoniyat yaratadi.

Huawei 5G CPE Pro soniyasiga 4,8 Gbitgacha bo‘lgan yuklab olish tezligini ta’minlaydigan Wi-Fi 6 texnologiyasidan foydalanadi. Bu aqlli uy uskunasiga tegishli 5G tarmoqlarga ulanish uchun talab etiladigan Huawei HiLink potokollarini qo‘llab-quvvatlaydigan keng iste’molga mo‘ljallangan birinchi 5G modemdir.

5G texnologiyalarining birinchi kashfiyotchisi sifatida Huawei kompaniyasi bu sohadagi tadqiqot va ishlanmalarni 2009-yil avvalida boshlagan. Va hozirga kelib yangi avloddagi tarmoqlarni yo‘lga qo‘yish uchun kompleks yechimlarni taklif qiladigan yagona ishlab chiqaruvchiga aylandi. Ushbu yo‘nalishda kompaniyaning 5700 nafardan ziyod muhandislari mehnat qiladi va ularning 500 nafaridan ortig‘i 5G sohasiga ixtisoslashgan kadrlardir. Umumiy hisobda Huawei jahon bo‘ylab 5G-yechimlarni rivojlantirish bilan shug‘ullanadigan 11 ta qo‘shma tadqiqot markazlari va ishlanmalarni tashkil qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют