» » Facebook va Twitter Eron, Rossiya va Venesuela bilan bog‘liq yuzlab akkauntlarni bloklab qo‘ydi

Facebook va Twitter Eron, Rossiya va Venesuela bilan bog‘liq yuzlab akkauntlarni bloklab qo‘ydi


Facebook ijtimoiy tarmog‘i “xulq-atvori shubha tug‘dirgan” 783 ta akkauntlarni  bloklab qo‘yganini ma’lum qildi. Bu haqda Meduza xabar berdi.

Ijtimoiy tarmoq xabarida sahifalar dunyoning 26 mamlakatidan bo‘lgan fuqarolar nomidan yuritilgani aytilgan. Ammo tekshiruvlar natijasida akkauntlar Eron bilan bog‘liqligi aniqlangan. Ularning faolligi, asosan Yaqin Sharq va Janubiy Osiyoga, shuningdek, AQShga qaratilgan bo‘lgan. Bloklangan akkauntlarning birida ikki millionga yaqin obunachilar bo‘lgan.

Deyarli bir vaqtning o‘zida Twitter 2018-yilning noyabr oyida AQSh Kongessiga oraliq saylovlar o‘tkazilishidan oldin yozilgan olti mingta xabarlarni o‘chirib tashlaganini ma’lum qilgan. Ijtimoiy tarmoq ma’lumotlariga ko‘ra, xabarlarni yozgan akkauntlarning bir qismi Rossiya, Eron va Venesuela bilan bog‘liq.

Twitter, shuningdek, yuqoridagi davlatlar bilan bog‘liq besh mingta bloklangan akkauntlardan iborat arxivni chop etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 71) ( 0) ( 69) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют