» » Toshkentda 13 yoshli qiz o‘zining o‘g‘irlanishini uyushtirdi

Toshkentda 13 yoshli qiz o‘zining o‘g‘irlanishini uyushtirdi


29-yanvar kuni Mirobod tumani IIBga 39 yoshli fuqaro Umid.G murojaat qildi, deb xabar berdi Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati.

Fuqaro o‘z murojaatida 13 yoshli qizi Oyqizning maktabga ketib, uyga qaytib kelmaganini ma’lum qildi.

O‘sha kuni soat 15:00 da qizning onasining telefoniga quyidagi mazmundagi SMS-xabar keldi:

“Agar qizingni ko‘rishni istasang, men senga aytadigan summani olib kelasan, yo‘qsa uni qaytib ko‘rmaysan”.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida voyaga yetmagan qizning qayerda ekanligi aniqlandi. Oyqiz “Chilonzor” metro bekati yaqinidan topildi. Ma’lum bo‘lishicha, Oyqizni hech kim o‘g‘irlamagan, qizning o‘zi “o‘g‘irlanish” rejasini tuzgan va amalga oshirgan.

Oyqiz shu yo‘l bilan ota-onasining e’tiborini tortmoqchi bo‘lganini ma’lum qilgan. Qizning aytishicha, ota-onasidan undirmoqchi bo‘lgan pullarni muhtojlarga berishni rejalashtirgan.

Hozirgi paytda qizcha va uning ota-onasi bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 17:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют