» » O‘zbek boksida o‘zgarishlar boshlandi: ertaga boks federatsiyasi vitse-prezidenti iste’foga chiqariladi

O‘zbek boksida o‘zgarishlar boshlandi: ertaga boks federatsiyasi vitse-prezidenti iste’foga chiqariladi


O‘zbekiston boks federatsiyasining birinchi vitse-prezidenti lavozimida ishlab kelgan Sherzod Toshmatov iste’foga chiqariladi. Bu haqda GoSport xabar berdi.

2-fevral kuni Milliy olimpiya qo‘mitasida yig‘ilish bo‘lib o‘tadi. Qayd etilishicha, majlisda Sherzod Toshmatov vazifasidan ozod qilinib, boks federatsiyasiga yangi birinchi vitse-prezident tayinlanishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Sherzod Toshmatov 2014-yilning noyabr oyidan federatsiyada faoliyat yuritib keladi. Federatsiya prezidenti Ochilboy Ramatov bir vaqtning o‘zida Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbari, O‘zbekiston futbol federatsiyasining prezidenti bo‘lgani bois, federatsiyani asosan Toshmatov boshqarib kelgan.

Uning rahbarligi davrida havaskorlar bo‘yicha O‘zbekiston boks terma jamoasi ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishgan. Jumladan, Rio—2016 musobaqasida 3ta oltin (jami 7ta) medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallagan. 2018-yilgi Osiyo o‘yinlarida esa 5ta oltin, 2ta kumush medallar bilan yakunda umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni, yil yakunlari bo‘yicha esa Osiyoning eng yaxshi federatsiyasi nomini qo‘lga kiritgan.

Sherzod Toshmatov 2016-yilning 17-dekabrida Osiyo boks federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga ham tayinlangandi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili Boks federatsiyas va Milliy olimpiya qo‘mitasi o‘rtasidagi kelishmovchiliklar bo‘lishi mumkinligi haqida xabarlar chiqqan va bu borada shov-shuvlarga sabab bo‘lgan maqolalar ham e’lon qilingandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 1) ( 41) ( 0)
Юзеры:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей...