» » Muxlislarni ketma-ket “El-Klasiko”lar kutmoqda: “Real” Ispaniya Kubogi finaliga chiqish uchun “Barselona” bilan o‘ynaydi

Muxlislarni ketma-ket “El-Klasiko”lar kutmoqda: “Real” Ispaniya Kubogi finaliga chiqish uchun “Barselona” bilan o‘ynaydi


1-fevral, juma kuni futbol bo‘yicha Ispaniya Kubogi yarim final bosqichiga qur’a tashlandi. Bu haqda Ispaniya futbol federatsiyasi o‘zining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar berdi.

Azaliy raqiblar “Barselona” hamda “Real Madrid” klublari musobaqaning final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Ikkinchi juftlikda esa “Valensiya” klubi esa “Betis” bilan bahsga kirishadi.

Ilk uchrashuvlar 6-fevral, javob bahslari esa 27-fevral kuni bo‘lib o‘tadi.

Shu tariqa futbol muxlislari mavsumning yarmida 1 ta emas, balki 3 ta “El-Klasiko” guvohi bo‘ladi. Boisi, La Liganing 26-turida “Barselona” va “Real” ikkinchi davra o‘yinini o‘tkazadi.

Ketma-ket uchinchi “El-Klasiko” Ispaniya Kubogi javob o‘yinidan 4 kun o‘tib — 2-mart kuni o‘tkaziladi.

Ispaniya Kubogi

1/2 final bahslari

6-fevral, chorshanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 63) ( 0) ( 62) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют