» » MAGATE bosh direktori O‘zbekistonda AES qurilishi jarayonida texnik va ekspert yordamini ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi

MAGATE bosh direktori O‘zbekistonda AES qurilishi jarayonida texnik va ekspert yordamini ko‘rsatishga tayyorligini bildirdi


“O‘zatom” agentligining matbuot xizmati ma’lum qilishicha, joriy yilning 31-yanvar kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Vena shahrida Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentligi (MAGATE) bosh direktori Yukiya Amano bilan muzokaralar o‘tkazdi, deb yozadi O‘zA.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi prezidenti Behzod Yo‘ldoshev atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish, eng avvalo, mamlakatda atom energetikasi sohasi, tibbiyot va qator boshqa yo‘nalishlarda rivojlanish bosqichlariga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Avval ma’lum qilinganidek, o‘tgan yilning oktyabrida O‘zbekistonda birinchi atom elektr stansiyasini qurish loyihasiga start berilganidan boshlab “O‘zatom” agentligi tomonidan ushbu yo‘nalishda bosqichma-bosqich ishlar amalga oshirilayotganini ta’kidlash zarur. Bu esa O‘zbekistonning MAGATE talablari va tavsiyalari bilan bevosita bog‘liqdir.

Yukiya Amano MAGATEning mamlakatda atom elektr stansiyasi qurilishi jarayonida texnik va ekspert yordamini ko‘rsatishga, radiatsion va yadroviy xavfsizlikni ta’minlash va kuchaytirish, shuningdek, texnik hamkorlik doirasida loyihalarning amalga oshirilishiga tayyorligini bildirdi.

Mamlakatda AES qurilishi nafaqat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlaydi, balki ta’lim tizimini takomillashtirish, yadro-muhandislik fanlar, qurilish sanoati va energetika rivojlanishi uchun ham mustahkam zamin yaratadi.

Uchrashuvda agentlikning bosh direktoriga istalgan paytda O‘zbekistonga rasmiy tashrif buyurish haqidagi taklif xati topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Toshkentda MAGATE ekspertlari ishtirokida navbatdagi seminar o‘tkazilishi kutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют