» » “Farg‘ona elektr tarmoqlari” rahbari va bosh muhandisi qo‘lga olindi

“Farg‘ona elektr tarmoqlari” rahbari va bosh muhandisi qo‘lga olindi


Departamentning Farg‘ona viloyat boshqarmasi va DXX viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Farg‘ona elektr tarmoqlari” AJ rahbari U.K. va bosh muhandisi I.O. qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Ular xususiy korxonaga tegishli avtomashinalarga gaz quyish shoxobchasi hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga 5500 AQSh dollari talab qilgan. Shundan 4000 dollarni korxona bosh muhandisi M.dan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan U.K. va I.O.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v, g” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют