» » “O‘zbekenergo” Tojikistonga elektr energiyasi yetkazib berayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rad etdi

“O‘zbekenergo” Tojikistonga elektr energiyasi yetkazib berayotganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rad etdi


“O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyati OAVlarining qishki mavsumda Tojikiston bilan elektr oldi-sotdisi to‘g‘risidagi xabarlarini rad etdi. Bu haqda kompaniya ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

Avvalroq Konibodom shahri, Spitamen tumani va So‘g‘d viloyatining chegaradosh aholi punktlari O‘zbekistondan sutkasiga 3 million kilovatt-soat elektr energiyasi olayotganligi haqida xabar berilgan edi.

“O‘zbekenergo” 2018-yilda O‘zbekiston va Tojikiston qish mavsumi uchun elektr oldi-sotdisi bo‘yicha shartnoma imzolamaganligini ta’kidladi.

“Qishda elektr energiyasi yetkazish bo‘yicha Tojikiston bilan shartnoma yo‘q. O‘tgan yozda apreldan oktabrga qadar Tojikiston energiya tizimidan Surxondaryo viloyatiga 1,5 milliard kVt/s atrofida elektr olganmiz. O‘zbekiston, o‘z navbatida, So‘g‘d viloyatiga elektr energiyasini yetkazgan. Shundan so‘ng shartnoma bo‘yicha o‘rtadagi farq to‘langan. Qishda elektr uzatish liniyalari o‘chiriladi, chunki hozirgi paytda Tojikiston energiya tizimlarini Markaziy Osiyo energiya tizimlari bilan sinxronlashtirish loyihasi amalga oshirilmagan”, — deya aniqlik kiritdi kompaniya.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-02-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют