» » Olimlar qo‘ng‘ir ayiq so‘lagidan antibiotik ajratib oldi

Olimlar qo‘ng‘ir ayiq so‘lagidan antibiotik ajratib oldi


Birinchi marta sezilarli antibakterial ta’sirga ega bo‘lgan penitsillin olinganidan so‘ng, insoniyat salomatligi uchun kurashning yangi davri boshlandi, deb yozadi TravelAsk.

O‘tgan 90 yil davomida olimlar tomonidan boshqa ko‘plab antibiotiklar kashf etilib, sintez qilingan va olamlar allaqachon kasallik tarqatuvchi mikroorganizmlarga chidamli bo‘lishi kerak edi. Biroq bakteriyalar turi ko‘payib, antibiotiklarga chidamli bo‘lib bormoqda.

Olimlar yanada kuchli antibiotik yaratish uchun yangi dori vositalari sintezi borasidagi laboratoriya tadqiqotlarini davom ettirmoqda. Ammo buning muqobil yo‘li ham mavjud — bakteriyalarga qarshi noyob biologik himoyaga ega bo‘lgan hayvonot dunyosi vakillari orasida yangi aktibiotikni qidirish.

Buning uchun olimlarga yovvoyi tabiatda yashovchi o‘nlab hayvonlar turlarini tadqiq etishlariga to‘g‘ri keladi. Xususan, yaqinda rossiyalik va amerikalik olimlarning hamkorlikdagi ilmiy tadqiqot guruhi stafillokok va bir qator xavfli mikroorganizmlarning rivojlanishini oldini oluvchi antibiotikni aniqlagan.

Amikumatsin (amikumatsin A) deb ataluvchi ushbu antibiotik Sibirning qo‘ng‘ir ayig‘i so‘lagidan ajratib olingan mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqariladi. Laboratoriya sharoitida o‘rganilganda u juda yaxshi natijalar ko‘rsatgan.

Albatta olimlar oldida hali ko‘p tadqiqotlar va tajribalar o‘tkazish turibdi. Biroq ushbu antibiotikdan katta natijalar umid qilinmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2019, 07:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют