» » Oliy Majlis deputatlari va senatorlari Shovot tibbiyot birlashmasiga oliy ma’lumotli 24 shifokor yetishmasligini aniqladi

Oliy Majlis deputatlari va senatorlari Shovot tibbiyot birlashmasiga oliy ma’lumotli 24 shifokor yetishmasligini aniqladi


6-mart kuni xalq deputatlari Xorazm viloyati Shovot tuman Kengashining sessiyasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi axborot xizmatining xabar berishicha, sessiyada joriy tashrifi davomida tuman sog‘liqni saqlash sohasidagi vaziyatga e’tibor qaratgan parlament deputatlari va senatorlari guruhining hisobot va tavsiyalari tinglangan.

Tashrif davomida qishloq vrachlik punktlari faoliyati hamda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va dori-darmon vositalari bilan ta’minlashni yanada yaxshilash masalalari ayniqsa chuqur tahlil qilingan.

O‘rganishlar davomida fuqarolar tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida mavjud qishloq vrachlik punktlari ishini tubdan qayta ko‘rish, ularni malakali tibbiy xodimlar va zarur dori-darmonlar bilan ta’minlash yuzasidan fikrlar bildirilgan.

“O‘rganish natijalariga ko‘ra, tuman tibbiyot birlashmasida 24 ta oliy ma’lumotli shifokorlar yetishmasligi aniqlangan. Tez yordam xizmati faoliyati ham talab darajasida emas. Sessiyada ushbu holatlar yechimiga doir bir qator taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi”, — deyiladi rasmiy axborotda.

Shu bilan birga, o‘rganish natijalari tumanda boshqa sohalar jumladan, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarga savdo va maishiy, kommunal xizmat ko‘rsatish borasida hali o‘z yechimini kutayotgan bir qator kamchiliklar mavjudligini ko‘rsatmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-03-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 24) ( 0) ( 22) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют