» » A Seriya. “Yuventus” bugun “Parma”ni sinovdan o‘tkazadi, “Roma” esa ertaga “Milan” bilan o‘ynaydi

A Seriya. “Yuventus” bugun “Parma”ni sinovdan o‘tkazadi, “Roma” esa ertaga “Milan” bilan o‘ynaydi


2-fevral, shanba kuni Italiya A Seriyasining 22-tur bahslariga start beriladi.

Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi “Napoli” klubi o‘z maydonida “Sampdoriya”ni sinovdan o‘tkazadi. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi.

Musobaqa jadvalini boshqarib borayotgan Krishtianu Ronaldu yetakchiligidagi “Yuventus” klubi o‘z uyida “Parma” bilan bahsga kirishadi. Bellashuv tungi vaqt bilan soat 00:30 da start oladi.

3-fevral, yakshanba kuni Milanning “Inter” jamoasi o‘z uyida “Bolonya” bilan o‘ynaydi. Bahsga 22:00 da start beriladi.

Turning markaziy o‘yini Rim shahrida bo‘lib o‘tadi. Unda Eusebio Di Franchesko qo‘l ostidagi “Roma” klubi Jennaro Gattuzo boshqaruvidagi “Milan” jamoasi bilan jang qiladi. To‘qnashuv  tungi vaqt bilan soat 00:30 da boshlanishi belgilangan.

21-tur bahslaridan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:

A Seriya

22-tur bahslari

2-fevral, shanba

3-fevral, yakshanba

4-fevral, dushanba

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют