» » Bahrom Ashrafxonov Moliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi

Bahrom Ashrafxonov Moliya vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi


Bahrom Ashrafxonov Moliya vazirining ijtimoiy soha masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati ma’lum qildi.

Bahrom Ashrafxanov 1969-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1993-yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini, 1994-yilda Kentukki universitetini (AQSh) tamomlagan.

2002—2004-yillarda Moliya vaziri o‘rinbosari — Sug‘urta nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2005—2007-yillarda Moliya vazirining birinchi o‘rinbosari. 2007—2016-yillarda Moliya vazirligi G‘aznachiligi boshlig‘i — Moliya vaziri o‘rinbosari.

2016—2018-yillarda O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi.

Hozirgi kunga qadar Bahrom Ashrafxanov “O‘zbekneftegaz” AJ boshqaruv raisi vazifasini bajaruvchi lavozimida faoliyat yuritib kelgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют