» » O‘zbekiston Telegram’dan foydalanuvchilar soni bo‘yicha jahonda 3-o‘rinda ekani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekiston Telegram’dan foydalanuvchilar soni bo‘yicha jahonda 3-o‘rinda ekani ma’lum bo‘ldi


Combot servisi Telegram messenjeri jahonning aynan qaysi mamlakatlarida eng ommabop ekanini haqidagi ma’lumotlarni taqdim etdi. Bunda asosan Google Play va iOS Store’dagi ma’lumotlarga tayanilgan.

2017-yilning yanvar oyi holatiga ko‘ra Telegram eng ommabop bo‘lgan mamlakat Eron bo‘lib turibdi — mamlakat internet foydalanuvchilarining 44,7 foizi Telegram’dan foydalanadi.

Ikkinchi va uchinchi o‘rinlardan mos ravishda Malayziya va O‘zbekiston joy olgan. Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatida aholining 18,3 foizi, O‘zbekistonda 16,2 foizi Telegram’dan muntazam foydalanadi.

Telegram Singapur (11,3 foiz), Ispaniya (10,6), Italiya (10,5), Saudiya Arabistoni (9,9), Braziliya (8,7), BAA (7,9) va Gollandiya (7,1)da ham ommabop ekani qayd etilgan. Rossiya umumiy ro‘yxatda 11-o‘rinni egallagan (6,3 foiz).

Tadqiqot mualliflarining qayd etishicha, reytingdan Telegram’dan foydalanadiganlar soni 1 milliondan ortiq bo‘lgan mamlakatlar o‘rin olgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-03-2017, 22:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 47) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют