» » Toshkent shahar hokimligida Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Toshkent shahar hokimligida Jahon banki delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi


31-yanvar kuni Toshkent shahar hokimligi mas’ullari hokimlik qoshidagi Jamoatchilik kengashi vakillari ishtirokida Jahon banki delegatsiyasini qabul qildi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda poytaxtni iqtisodiy, ijtimoiy va infratuzilmaviy jihatdan rivojlantirish masalasi muhokama qilindi.

Jahon banki mamlakat ijtimoiy farovonligini oshirishda aholini kommunal, ijtimoiy hamda ta’lim xizmatlari bilan ta’minlash muhimligini qayd etgan. Shuningdek, shaharni umumiy rivojlantirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarda xorij tajribasidan foydalanish lozimligini aytgan.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston poytaxtining o‘ziga xosligi va uni rivojlantirish milliy ehtiyoj va turli sohalardagi talablar darajasidan kelib chiqqan holda amalga oshirish lozimligi ta’kidlangan.

Jahon banki — butun dunyo bo‘yicha loyihalarni moliyalashtirish bilan shug‘ullanuvchi tashkilot bo‘lib, rivojlanayotgan mamlakatlarga sarmoyalar kirgazish, kreditlar taqdim etish bilan shug‘ullanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют