» » Parkentda yonib ketgan dala-hovlidan bir kishining kuygan jasadi topildi

Parkentda yonib ketgan dala-hovlidan bir kishining kuygan jasadi topildi


1-fevral kuni Toshkent viloyatining Parkent tumani Navbahor qo‘rg‘onidagi dala-hovlida yong‘in yuz berdi, deya xabar bermoqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan. Yong‘in o‘chirish vaqtida shu yerda vaqtincha yashagan fuqaro S.D.ning kuygan holdagi jasadi topilgan.

“O‘rganishlar davomida yong‘in S.D. mast holda sigaret chekib, uxlab qolishi oqibatida kelib chiqqanligi aniqlangan”, — deyiladi IIV axborotida.

Qayd etishlaricha, hozirda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют