» » Afg‘onistonda yuz bergan zilzila O‘zbekiston shaharlarida sezildi

Afg‘onistonda yuz bergan zilzila O‘zbekiston shaharlarida sezildi


Afg‘oniston hududida 2-fevral, shanba kuni Toshkent vaqti bilan 17:04 da zilzila yuz berdi. FVVning Respublika seysmoprognostik monitoring markazi ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila markazi Toshkentdan 453 kilometr janubda joylashgan.

Epitsentrda zilzila kuchi 5,4 magnitudani tashkil etgan; zilzila o‘chog‘i 100 kilometr chuqurlikda ekani aytilmoqda. O‘zbekiston shaharlarida yerosti silkinishlari kuchi 2 balldan oshmagan.

Xususan, Toshkent, Namangan, Andijon, Guliston, Farg‘ona, Guliston, Jizzax, Samarqand, Termiz, Qarshi, Navoiy shaharlarida yerosti silkinishlari kuchi 2 ballni tashkil etgan.

“O‘zbekistonning boshqa hududlarida seysmik faollik kuzatilmadi. Vayronagarchiliklar va tan jarohati olganlar haqida axborot kelib tushmadi”, — deyiladi FVV axborotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 81) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют