» » “Afrosiyob” poyezdlari endi Jizzaxda ham ikki daqiqa to‘xtab o‘tadi

“Afrosiyob” poyezdlari endi Jizzaxda ham ikki daqiqa to‘xtab o‘tadi


2-fevraldan boshlab “Toshkent—Buxoro—Toshkent” yo‘nalishida qatnayotgan “Afrosiyob” yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlari Jizzax vokzalida ikki daqiqa to‘xtashi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda “O‘zbekiston temir yo‘llari” xabar bermoqda.

“Toshkent—Buxoro” yo‘nalishida harakatlanadigan №762 “Afrosiyob” poyezdi harakat jadvaliga o‘zgartirish kiritilgan. Poyezd Toshkent vokzalidan soat 7:28 da harakatni boshlab, soat 8:54 da Jizzax vokzaliga kirib keladi, soat 8:56 da esa harakatini davom ettiradi. Samarqand vokzaliga soat 9:42 da kirib borib, 9:50 da yana yo‘lga chiqadi. Navoiy vokzaliga soat 10:40 da to‘xtaydi va 2 daqiqadan so‘ng harakatini davom ettirib, soat 11:19 da Buxoro vokzaliga yetib boradi.

“Buxoro-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanadigan №761 “Afrosiyob” poyezdi Buxoro vokzalidan soat 15:50 da harakatini boshlaydi. Soat 16:27 da Navoiy vokzaliga kirib keladi va soat 16:29 da harakatini davom ettiradi. Samarqand vokzaliga soat 17:20 da yetib kelib, soat 17:28 da harakatini boshlaydi. Jizzax vokzaliga esa soat 18:14 da kirib kelib, ushbu vokzaldan soat 18:16 da harakatini davom ettiradi va poyezd soat 19:44 da Toshkent markaziy vokzaliga yetib keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2019, 22:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют