» » Buxoroda gugurt qutisida marixuana sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

Buxoroda gugurt qutisida marixuana sotayotgan shaxs qo‘lga olindi


Giyohvandlik vositalarini qonunga xilof ravishda sotish bilan shug‘ullanib kelgan Buxoro tumanilik Azamat Robbanayev (ismi-sharifi o‘zgartirilgan) huquq-tartibot idoralari vakillari tomonidan qo‘lga olindi.

Azamat Robbanayev Buxoro shahrida yashovchi fuqaroga har bir qutisini 600 ming so‘mdan sotib berishi uchun 1 dona gugurt qutisiga qadoqlab solingan, tarkibida faol giyohvandlik moddasi mavjud, sof vazni 3,61 grammga teng bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasini o‘tkazish jinoyatini sodir qilgan.

“Jinoyat ustida qo‘lga olingan og‘ufurushning yonlari ko‘zdan kechirilganda egnidagi kurtkasining o‘ng tomon cho‘ntagida ikkinchi gugurt qutisiga qadoqlab solingan sof vazni 3,78 grammga teng bo‘lgan “marixuana” giyohvandlik vositasi topildi. Qutilarga solingan giyohvand moddalarni sotish maqsadida saqlab kelayotgan kimsa qonuniy javobgarlikka tortiladi”, — dedi Buxoro viloyat IIB Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi katta tezkor vakili, kapitan Halim Kamolov.

Mazkur holat yuzasidan Buxoro tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Azamat Robbanayevga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi 2-qismi (giyohvandlik vositalarini ozginadan ko‘proq miqdorda qonunga xilof ravishda o‘tkazish) bilan ayblov e’lon qilingan.

Hozirda tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 49) ( 0) ( 48) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют