» » Venesuela harbiy havo kuchlari generali Xuan Guaidoni Venesuela rahbari sifatida tan olishini e’lon qildi

Venesuela harbiy havo kuchlari generali Xuan Guaidoni Venesuela rahbari sifatida tan olishini e’lon qildi


Venesuela harbiy havo kuchlarining strategik rejalashtirish bo‘yicha direktori va divizion generali Fransisko Esteban Yanes Rodriges videomurojaat bilan chiqish qilib, Xuan Guaidoni Venesuela rahbari sifatida tan olishini ma’lum qildi.

Generalning so‘zlariga ko‘ra, u “Nikolas Maduroning diktatorlik hokimiyati”ni tan olmaydi va Guaidoning buyruqlarini bajarishga tayyor. Rodrigesning qo‘shimcha qilishicha, harbiy xizmatchilarning 90 foizi Maduroni qo‘llab-quvvatlamaydi.

?LTIMA HORA!
General reconoce a @jguaido como presidente y llama a desconocer a Maduro
Se trata del General de Divisi?n Francisco Esteban Y?nez Rodr?guez (7.101.984)
Presidente de la Junta Permanente de Evaluaci?n de la Comandancia General de la Aviaci?n Militar Bolivariana. pic.twitter.com/agsPhF3Hua

— Sergio Contreras B:. (@SContrerasB) February 2, 2019

O‘z navbatida Venesuela harbiy havo kuchlari va uning qo‘mondonlariga tegishli Twitter’dagi sahifalarida ustiga “Sotqin!” deb yozilgan Rodriges videomurojaatidan skrinshotlar paydo bo‘ldi.

No se pod?a esperar menos del TRAIDOR GD Francisco Esteban Yanez Rodriguez, sobrino del corrupto Gral Yanez Mendez que por cierto tiene un expediente en la Contralor?a General de la #FANB por corrupto!#LealesSiempreTraidoresNunca pic.twitter.com/82FxEE70V8

— Comandante Gral de la Aviaci?n Militar Bolivariana (@Cmdte_Aviacion) February 2, 2019

Xuan Guaido — Venesuelaning muxolifatchi parlamenti yetakchisi. U 2019-yil yanvarida prezident Nikolas Maduroni uzurpator (hokimiyatni zo‘rlik bilan egallab olgan shaxs) deb atab, o‘zini mamlakatning muvaqqat prezidenti deb e’lon qildi. Parlament vakillarining fikricha, Venesuela konstitutsiyasi parlament yetakchisiga shunday yo‘l tutish huquqini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-02-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 77) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют