» » “Eshik ochiq qolmaganida edi, shu jinoyat ham sodir etilmagan bo‘lardi”. IIV matbuot xizmati Rishtonda yuz bergan qoramol o‘g‘riligiga munosabat bildirdi

“Eshik ochiq qolmaganida edi, shu jinoyat ham sodir etilmagan bo‘lardi”. IIV matbuot xizmati Rishtonda yuz bergan qoramol o‘g‘riligiga munosabat bildirdi


O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, Farg‘ona viloyati Rishton tumani Chek Jalayer qishlog‘idagi hovlilarning biridan ikki bosh qoramol o‘g‘irlab ketilgan. Qayd etishlaricha, o‘g‘rilar hovlining ochiq qolgan eshigi orqali qoramollarni olib qochgan.

Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Voqea joyiga chiqqan ichki ishlar xodimlari tomonidan jabrlanuvchi hamda voqeaga guvoh bo‘lgan kishilar bilan surishtiruv ishlari olib borilib, gumonlanuvchi shaxslarning alohida belgilari aniqlangan.

Natijada ushbu jinoyatni Buvayda tumani Bekobod mahallasida yashovchi 1993-yilda tug‘ilgan shaxs sodir etganligi aniqlangan va u qo‘lga olingan.

“Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida. Ayni vaqtda, mazkur hodisaga vazirlik matbuot xizmati tomonidan quyidagicha munosabat ham bildirilgan: “Agarda uy egasi hovlisining eshigini ochiq qoldirmaganda, ushbu jinoyat sodir etilmagan bo‘lardi”.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-03-2017, 22:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют