» » O‘zbekistonda 2018-yilda aholi tomonidan banklarga 2,7 mlrd dollar sotildi

O‘zbekistonda 2018-yilda aholi tomonidan banklarga 2,7 mlrd dollar sotildi


2018-yilda yuridik shaxslar tomonidan sotib olingan jami valyuta hajmi 10,4 milliard dollarni tashkil etgan bo‘lib, 2017- yilga nisbatan ushbu ko‘rsatkich 1,5 barobar oshdi. Bu haqda Markaziy bank ma’lum qildi.

Ichki valyuta bozorida xorijiy valyutani xarid qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar soni 2,3 marotabaga oshgan bo‘lib, ushbu ko‘rsatkich yanvar oyida 2,2 mingtani tashkil etgan bo‘lsa, yil yakuni bo‘yicha ularning soni 5,1 mingtaga yetdi.

Xorijiy valyuta taklifining asosiy manbalari bo‘lib xo‘jalik yurituvchi subyektlarning eksportidan tushgan mablag‘lar hamda xorijiy davlatlardan kelib tushgan pul o‘tkazmalari hisoblanadi.

Eksportdan kelib tushgan valyuta mablag‘larining banklarga sotilgan hajmi 2 baravar ko‘payib, 4,1 milliard dollarni tashkil etdi (2017-yilda 2,1 milliard dollar). Natijada eksportdan kelib tushgan mablag‘larning banklarga sotilgan hajmi 31 foizdan 61 foizga ko‘paydi.

2018-yilda aholi tomonidan tijorat banklariga 2,7 milliard dollar sotilgan bo‘lib, o‘z navbatida ushbu mablag‘lardan 969 million dollari banklar tomonidan qayta aholiga sotilgan, qolgan 1,7 milliard dollari yuridik shaxslarning ehtiyojini qondirish uchun sarflandi.

2018-yil yakuniga kelib sof oltin-valyuta zahiralarining hajmi 26,4 milliard dollarni tashkil etdi.

2018-yil mobaynida milliy valyuta kursi xorijiy valyutaga bo‘lgan talab va taklif shakllanishiga ta’sir etuvchi mavsumiy omillar asosida o‘zgarib keldi.

Natijada 2018-yil oxiriga kelib milliy valyutaning almashuv kursi yil boshiga nisbatan 2,7 foizga (8 120 so‘mdan 8 339 so‘mgacha) pasayib, yil mobaynida kursning minimal va maksimal miqdori o‘rtasida o‘zgarishi 7,3 foizni (avgust oyida 7 781 so‘m, dekabr oyida 8 348 so‘m) tashkil etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют