» » Bundesliga. “Bavariya” yutqazdi, “Borussiya D” esa durang o‘ynadi (video)

Bundesliga. “Bavariya” yutqazdi, “Borussiya D” esa durang o‘ynadi (video)


2-fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya chempionatining 20-tur bahslari doirasida dastlabki 6 ta uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Niko Kovach qo‘l ostidagi “Bavariya” klubi safarda “Bayer Leverkuzen” jamoasi bilan bellashdi.

O‘yinning 41-daqiqasida Leon Goretska Tomas Myuller uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, 53-daqiqaga kelib Leon Beyli hisobni tenglashtirdi (1:1). Oradan 10 daqiqa o‘tib Kevin Follan mezbon jamoani hisobda oldinga olib chiqdi (2:1). Uchrashuvning asosiy vaqti yakunlanishiga 3 daqiqa qolganda Leon Beyli o‘rniga zaxiradan maydonga tushgan Lukas Alario “Bavariya” darvozasiga gol urdi va g‘alabani mustahkamladi.

Shu tariqa Myunxen klubi mehmonda 1:3 hisobida mag‘lubiyatga uchradi va ochko yo‘qotdi.

Musobaqa jadvalini boshqarib borayotgan Dortmundning “Borussiya” klubi “Ayntraxt Frankfurt” mehmoni bo‘ldi.

Barcha gollar uchrashuvning 1-bo‘limida urildi. 22-daqiqada Marko Roys hisobni ochgan bo‘lsa, mezbon jamoa yarim himoyachisi Luka Yovich hisobni tenglashtirdi. Bellashuv 1:1 hisobida yakuniga yetdi va tomonlar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.

Kunning oxirgi uchrashuvi “Shalke-04” va “Borussiya Myunxengladbax” jamoalari qarama-qarshiligi ostida kechdi.

O‘yinning 59-daqiqasida “Shalke-04” klubi darvozaboni hakam tomonidan qizil kartochka bilan jazolandi va maydondan chetlatildi.

85-daqiqada Kristof Kramer raqib darvozasini ishg‘ol qildi (1:0). Oradan 5 daqiqa o‘tib, Denis Zakariya o‘rniga maydonga tushgan Florian Noyhaus hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Torgan Azar ikkala golga ham assistentlik qildi.

Shu tariqa “Borussiya Myunxengladbax” klubi safarda 2:0 hisobidagi muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, mazkur turdan so‘ng Diter Heking jamoasi musobaqa jadvalida 42 ochko to‘plagan holda to‘plar nisbati bo‘yicha 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Bavariya” klubida ham shuncha ochko mavjud.

Bundesliga

20-tur bahslari

2-fevral, shanba

Gollar: 1:0 — 16 Kramarich, 1:1 — 46 Hennings.

Gollar: 0:1 — 41 Goretska, 1:1 — 53 Beyli, 2:1 — Folland, 3:1 — 87 Alario.

Gollar: 0:1 — 22 Roys, 1:1 — 36 Yovich.

Gollar: 0:1 — 65 Vehxorst.

Gollar: 0:1 — 63 Eggeshtayn, 1:1 — 86 Isxak.

Gollar: 0:1 — 85 Kramer, 0:2 — 90 Noyhaus.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют