» » Ronaldu “Yuventus”da tarix yozishni boshladi, u A Seriyaning 22 turida 17 ta gol urdi

Ronaldu “Yuventus”da tarix yozishni boshladi, u A Seriyaning 22 turida 17 ta gol urdi


2-fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 22-tur bahslari doirasida “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronaldu “Parma”ga qarshi o‘yinda dublga erishdi.

Porugaliyalik futbolchi joriy mavsumda Italiya chempionatining 22 ta uchrashuvida 17 ta gol urdi.

O‘tgan 13 yil mobaynida shu kunga qadar Turin klubidan faqatgina bir o‘yinchi bundan ko‘p gol urgan, deb xabar beradi Opta

U David Trezege bo‘lib, fransiyalik hujumchi 2005/06-yilgi mavsumda 22 turda 18 ta gol urgan. Mavsum oxiriga qadar esa David 23 ta gol urib, A Seriya to‘purarlar bahsida Luka Tonidan keyin 2-o‘rinni egallagan. Toni esa mavsumni 31 ta gol bilan yakunlagan.

13 yil avval “Yuventus” musobaqa jadvalida 91 ochko bilan chempionlikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, “Modji ishi” tufayli chempionlikni 3-o‘yinda borayotgan “Inter” klubiga topshirgandi.

Hozirda turinliklar (60 ochko) musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan “Napoli”dan (51 ochko) 9 ochko ko‘p to‘plagan holda yetakchilik qilmoqda.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют