» » Dunyoning eng semiz ayoli uch haftada 100 kilogramm vazn tashladi

Dunyoning eng semiz ayoli uch haftada 100 kilogramm vazn tashladi


Semirish kasalligidan aziyat chekayotgan misrlik Imon Ahmad Abdulatiy Mumbayda davolandi va dunyoning eng semiz ayoli maqomidan qutuldi, deya xabar bermoqda  “TASS”.

Uning vazni uch haftada 488 kilogrammdan 380 kilogrammga kamaydi. Ayol 25 yildan buyon birinchi marta mustaqil o‘tira olish imkoniga ega bo‘ldi va operatsiyaga tayyor.

Vazni taxminan 500 kilogramm bo‘lgan 36 yoshli ayol 11-fevralda Mumbaydagi kasalxonaga yotqizilgan.

Bemorni Hindistonga olib borish uchun maxsus operatsiya tashkil qilindi: Ayol Mumbayga EgyptAir aviakompaniyasining maxsus reysida olib borildi, aeroportdan kasalxonaga esa politsiya kuzatuvi ostidagi maxsus tez yordam mashinasi yordamida yetkazildi. Bemorni kasalxona palatasiga joylashtirish uchun avtokran yordamga keldi.

Ayol 25 yil davomida uydan chiqa olmadi, harakatlana olmadi va hatto o‘z o‘rnida ham qimirlay olmadi.

U biror kishining yordamisiz hech narsa qila olmasdi. Misrlik shifokorlar Abdulatiyga yordam bera olmadi, shunda ayolning ota-onasi hindistonlik shifokorlarga murojaat qildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (7-03-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют