» » O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilaridan qanday hujjatlarni yuritib borish talab etiladi?

O‘zbekistonda maktab o‘qituvchilaridan qanday hujjatlarni yuritib borish talab etiladi?


Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining 2018-yil 27-iyuldagi “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining pedagogik mutaxassisliklari bo‘yicha namunaviy yillik ish rejasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqida”gi qo‘shma qarori qabul qilingan.

Unga ko‘ra:

– Umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘qituvchilarining dars va to‘garak mashg‘ulotlarini tashkil etish hamda sinf jurnalini yuritishdan tashqari boshqa pedagogik yuklamalar bo‘yicha hisobotlar va qo‘shimcha ma’lumotlarni talab qilish qat’iyan taqiqlanadi.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari pedagog xodimlari tomonidan quyidagi hujjatlar yuritiladi:

– Sinf jurnali;

– Yillik taqvim-mavzuiy reja;

– Kundalik dars ishlanmalari (konspekt) daftari.

– Yillik taqvim-mavzuiy reja hamda kundalik dars ishlanmalari (konspekt)ni elektron shaklda yuritilishiga ham yo‘l qo‘yiladi.

O‘qituvchilar bundan tashqari hech qanday ortiqcha hujjat yuritishga majbur emas.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-02-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют