» » La Liga. “Real” yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Atletiko” esa mag‘lubiyatga uchradi (video)

La Liga. “Real” yirik hisobda g‘alaba qozondi, “Atletiko” esa mag‘lubiyatga uchradi (video)


3-fevral, yakshanba kuni futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 22-turi doirasida 4 ta bellashuv o‘z nihoyasiga yetdi.

Diyego Simyone boshqaruvidagi Madridning “Atletiko” klubi safarda “Betis” bilan bahs olib bordi.

Uchrashuvning 65-daqiqasida hakam tomonidan madridliklar darvozasi tomon penalti belgilandi va mezbon jamoa yarim himoyachisi Serxio Kanales Yan Oblak darvozasini aniq nishonga oldi (1:0).

Ushbu hisob o‘yin oxirigacha saqlanib qoldi va “Atletiko Madrid” mehmonda mag‘lub bo‘ldi.

Kunning so‘nggi o‘yini “Santyago Bernabeu” stadionida bo‘lib o‘tdi. Unda musobaqa jadvalida 3-pog‘onada borayotgan Santyago Solari boshliq “Real Madrid” klubi “Alaves”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 30-daqiqasida hujumchi Karim Benzema hisobni ochgan bo‘lsa, 80-daqiqaga kelib Vinisius Junior Marko Asensio uzatmasini golga aylantirdi va hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Madrid klubining 3-goli 90+1-daqiqada kiritildi. Unga Karim Benzema o‘rniga maydonga tushgan Mariano Dias mualliflik qildi.

Shu tariqa “Qirollik klubi” “Alaves” darvozasiga javobsiz 3 ta to‘p kiritib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

22-tur natijasiga ko‘ra, madridliklar musobaqa jadvalida 2-o‘rinda borayotgan “Atletiko” bilan oradagi farqni qisqartirib oldi. Ayni damda “Real”da 42, “Atletiko”da esa 44 ochko mavjud. Musobaqa jadvalini boshqarib borayotgan “Barselona” 50 ochko jamg‘argan.

La Liga

22-tur bahslari

3-fevral, yakshanba

Gollar: 1:0 — 37 Iborra, 2:0 — 65 Kasorla, 2:1 — 75 Bonera, 2:2 — 81 Rosales.

Gol: 1:0 — 65, penalti, Kanales.

Gollar: 1:0 — 37 Pena, 2:0 — 46 Charlz, 3:0 — 57, penalti, Charlz.

Gollar: 1:0 — 30 Benzema, 2:0 — 80 Junior, 3:0 — Dias.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2019, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 75) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют