» » Liga 1. PSJ “Lion”ga mag‘lub bo‘ldi, “Monako” va nihoyat g‘alaba qozondi (video)

Liga 1. PSJ “Lion”ga mag‘lub bo‘ldi, “Monako” va nihoyat g‘alaba qozondi (video)


2—3-fevral kunlari futbol bo‘yicha Fransiya chempionatining 23-turi doirasida bir qator uchrashuvlar yakunlandi.

2-fevral, shanba kuni Leonardu Jardim qo‘l ostidagi “Monako” klubi o‘z maydonida “Tuluza” klubini qabul qildi.

Bellashuvning 14-daqiqasida Aleksandr Golovin Gelson Martinsh uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, oradan 6 daqiqa o‘tib Kristofer Julliyen hisobni tenglashtirdi (1:1).

2-bo‘limning 63-daqiqasida Sesk Fabregas “Tuluza” darvozasini ishg‘ol qildi va o‘yin qahramoniga aylandi.

Va nihoyat Knyazlik klubi “Tuluza”ni kichik hisobda mag‘lub etdi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

3-fevral, yakshanba kuni turning markaziy o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda musobaqa jadvalida peshqadamlik qilayotgan PSJ klubi safarda “Lion” bilan jang qildi.

Uchrashuvning 7-daqiqasidayoq parijliklar yarim himoyachisi Anhel Di Mariya hisobni ochgan bo‘lsa, 33-daqiqaga kelib Mussa Dembele Leo Dyubua uzatgan to‘pni Alfons Areola darvozasiga joylab qo‘ydi.

2-bo‘limning 4-daqiqasida (49) PSJ darvozasi tomon 11 metrlik jarima zarbasi belgilandi. “Lion” futbolchisi Nabil Fekir esa bundan unumli foydalanib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi.

Shu tariqa PSJ mehmondagi o‘yinda mag‘lubiyatga uchradi.

Liga 1

23-tur bahslari

2-fevral, shanba

Gollar: 1:0 — 21 Dingome, 2:0 — 68 Hyonjun, 2:1 — 86 N’ji.

Gol: 1:0 — 27 Bahoken.

Gollar: 1:0 — 14 Golovin, 1:1 — 20 Julliyen, 2:1 — 63 Fabregas.

Gol: 1:0 — 82 Zeffan.

3-fevral, yakshanba

Gollar: 1:0 — 2 Landre, 1:1 — 73 Delor.

Gollar: 0:1 — 7 Di Mariya, 1:1 — 33 Dembele, 2:1 — 49, penalti, Fekir.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2019, 07:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют