» » Xitoy Ipak yo‘li tarixini o‘rganish uchun O‘zbekistonga 1 mlnga yaqin o‘quvchi va talabani yuborishni ko‘zlamoqda

Xitoy Ipak yo‘li tarixini o‘rganish uchun O‘zbekistonga 1 mlnga yaqin o‘quvchi va talabani yuborishni ko‘zlamoqda


Xitoy O‘zbekiston tarixi, madaniyati, san’ati va me’morchiligini o‘rganish uchun bir millionga yaqin o‘quvchi va talabalarni yuborishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Xitoyning UNMCSR-SNC tashkiloti bosh kotibi Szyanbo Vu boshchiligidagi delegatsiyaning “Ipak yo‘li” xalqaro turizm universiteti vakillari bilan uchrashuvida ma’lum qilindi, deya xabar beradi “Podrobno.uz”.

“O‘zbekiston Buyuk ipak yo‘lining markazlaridan biri ekanligini Xitoyda hamma ham bilavermaydi. Shu sababli aynan O‘zbekiston loyihamiz markazi bo‘lishi haqidagi qarorga keldik”, — deydi Xaynan universiteti vakili Li Dzin.

Tashrif davomida Xitoy oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlik istiqbollari muhokama etildi. Kelgusida universitetda Xitoy til markazi, shuningdek, ushbu tilni mukammal egallagan gid-ekskursovodlarni tayyorlash markazini ochish mo‘ljallanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 65) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют