» » Rim papasi ilk bor Birlashgan Arab Amirliklariga keldi

Rim papasi ilk bor Birlashgan Arab Amirliklariga keldi


3-fevral kuni Rim papasi Fransisk uch kunlik tashrif bilan Birlashgan Arab Amirliklariga keldi. Bu haqda Euronews ma’lum qildi, deya xabar beradi “Azon.uz”.

Bu Rim-katolik cherkovi rahbarining Arab yarimoroliga ilk bor kelishi. Fransiskni Abu-Dabi valiahd shahzodasi Muhammad ibn Zayd Nahayyon taklif qilgan.

Katolik cherkovi yetakchisi BAAda “Insoniy birodarlik” mavzusidagi xalqaro dinlararo konferensiyada ishtirok etadi. 5 fevral kuni esa Abu-Dabidagi “Zayd Sport Siti” majmuasida nasroniylar ibodati bo‘lib o‘tadi, unda 135 ming katolikning ishtirok etishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, BAAda asosan Filippin va Hindistondan kelgan taxminan 1 million nasroniy yashaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-02-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют